Sport-sog’lom hayot garovidir
"TIQXMMI" MTU “Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori G.Axmedjanova tomonidan joriy yilning 13 sanasida 1 - kurs talabalarini bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida, hamda “5 muhim tashabbus”ning 2-tashabbusi doirasida sog’lom turmush tarzi, yoshlarni jismoniy sportga bo’lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida universitetning sport maydonchasida “Voleybol” musobaqasi tashkil qilindi.
Musobaqani tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, 5 muhim tashabbusning ikkinchi tashabbus bo‘yicha yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari hamda yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish, uning ommaviyligini oshirish, aholining turli qatlamlari, xususan, yoshlar orasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilishdan iborat. Talabalar bu musobaqadan yuqori kayfiyatda qaytishdi, ularda sportga bo‘lgan qiziqish yanada ortdi.
"Gidromelioratsiya" fakulteti tyutori G. Axmedjanova axboroti
Universitet matbuot xizmati