Mustaqillikni mustahkamlash yo‘lida
Chinakam kuch bilim va tafakkurda ekan, albatta taʼlim orqali mamlakat taraqqiyotini belgilash mumkin. Talabalarga beriladigan bilimlar orasida ijtimoiy-siyosiy mohiyat kasb etuvchi bilimlarning ahamiyati katta bo‘lib, bu ularning dunyoqarashiga o‘zining ijobiy taʼsirini o‘tkazmasdan qolmaydi. Sohaviy bilimlar bilan birga beriladigan bunday yo‘sindagi taʼlim ham ularning siyosiy ziyrakligini oshirib, tahlikali zamonda g‘oyaviy immunitetini mustahkamlaydi.
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining “Ekologiya va huquq”, “Yer resurslari va kadastr”, “Iqtisodiyot” fakultetlarining ikkinchi va uchinchi bosqich talabalariga Mustaqil davlatning mustahkamlovchi mezonlari borasida keng maʼlumot berildi. Ijodkor talabalarning o‘zlari ham savol berishlaridan tashqari o‘zlarining vatan, mustaqilligimizga, Bosh qomusimizga hamda Davlat bayrog‘iga bag‘ishlangan ijod namunalaridan o‘qib berishdi.
Universitet matbuot xizmati