TIQXMMI yangiliklari

img
09.09.2023

“Odob-aхloq” kodeksi

Universitetimizning Yer resurslari va kadastr fakultetiga 2023-2024 o'quv yili uchun  1 kursga tavsiya qilingan 298 nafar talabalariga universitetning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori, pedagogika fanlari doktori, professor Choriyev Ro‘zimurod Qo‘ng‘irotovich hamda ma’naviyat bo‘limi boshlig‘i Xaydarov Zuhriddin Rabiyevichlar universitet “Odob-axloq” kodeksi bilan tanishtirib, ushbu kodeksdagi eng muhim jixatlar haqida to‘xtalib o‘tishdi. 

   Uchrashuvda so'zga chiqqan ma'ruzachilar  unversitet tartib intizomi hamda talaba-yoshlarimiz uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida qisqacha maʼlumotlar berib oʻtildi. Pedagogika fanlari doktori, professor Choriyev Ro‘zimurod Qo‘ng‘irotovich o‘z so‘zida kodeks 10 ta bob, 35 ta moddadan iboratligi, O`zbekiston Respublikasi "Ta’lim to`g`risida"gi Qonuni, boshqa qonun va qonunosti hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan bo`lib, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti ning pedagog va boshqa xodimlari, talabalari, doktorantlari kasbiy odob-axloqining tamoyillari, normalari, ta’lim jarayoni va xizmatdagi xulq-atvorining asosiy qoidalari bilan bog`liq munosabatlarni tartibga soladi – deb ta’kidladi.

Ushbu uchrashuvdan koʻzlangan asosiy maqsad talaba yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, o`qish davomida asqotadigan ma`lumotlarni bilish hamda uni ijrosini amalga oshirishga qaratilgan. Bu kabi yig'ilishlar va ma`ruzalardan talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga ham javob ham oldilar.

YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan movini Hurriyat Eshova axboroti