Parijdagi YUNESKO shtab-kvartirasida “Abu Rayhon Beruniy. Geografik va intellektual sayohatlar” nomli ko‘rgazmali loyihasi o‘z ishini davom ettirmoqda
Ekspozitsiya zallarida interaktiv multimedia proyeksiyasi o‘rnatilgan bo‘lib, tashrif buyuruvchilar Beruniy qo‘lyozmalari sahifalarini yuqori sifatda ko‘rishlari mumkin. Ekspozitsiyaning asosiy qismi Abu Rayxon Beruniy qo‘lyozmalarining Fransiya Milliy kutubxonasi to‘plamidan olingan Fanlar akademiyasi qoshidagi Sharqshunoslik instituti mutaxassislari tomonidan tayyorlangan nusxalariga ajratilgan.
O‘zbekistonlik olimlar ko‘rgazma loyihasini tayyorlashda va ilmiy katalog yaratishda ishtirok etishdi. Parijdagi ochilish marosimida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi huzuridagi Abu Rayhon Beruniy nomli Sharqshunoslik instituti direktori Bahrom Abduhalimov, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Abu Rayhon Beruniy nomli Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondi mudiri Sharifjon Islamov, tarix fanlari doktori, qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi katta ilmiy xodimi Bahrom Irzayev, O‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiya qoshidagi K. Behzod nomli milliy san’at va dizayn instituti muzeyshunoslik kafedrasi professori Zuhra Rahimovalar qatnashishdi. Miniatyuralar san’ati (2020) va yog‘ochni kesish san’ati bo‘yicha YUNESKOning insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga nomzodlarni tayyorlashda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi huzuridagi Ulug‘bek nomli astronomiya instituti professori, Bobomurat Axmedov faol ishtirok etdi. Jahon fanlar akademiyasi a’zosi, Islom olami fanlar akademiyasi a’zosi, UNESCO-L’OREAL qo‘shma stipendiyasi laureati Dilfuza Egamberdiyeva, UNESCO-L’OREAL qo‘shma stipendiyasi laureati Nilufar Mamadaliyeva.
O‘zbekiston olimlari va mutaxassislariga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Выражаем благодарность ученым и экспертам Узбекистана.