Universitetda birinchi kurs maktabi davom etmoqda
Milliy iqtisodiyotimizni barqaror yuksaltirish, yurtimizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlik rivojini yangi bosqichga ko‘tarish, mamlakatimizning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirish borasidagi katta xizmatlari, sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ish o‘rinlari yaratish, aholi farovonligini ta’minlashga qo‘shgan munosib hissasi, shuningdek, biznesda erishayotgan amaliy natijalari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir guruh tadbirkorlar «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
Shu munosabat bilan Universitetimizning madaniyat saroyida Chilonzor tumanidagi «Atlas Invest» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni sovrundori Nabixodjaev Saydolim Usmanovich “Energetika” hamda “Iqtisodiyot” fakultetlari 1-kurs talabalari bilan online uchrashib, talabalarga tadbirkorlik bo’yicha oz bilim ko’nikmalarini o’rtoqlashdi. Shu bilan birgalikda talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berildi. Tadbirda fakultet dekanlari A.Isokov bilan R, Xakimovlar ham ishtirok etishdi.
Tadbirning ikkinchi qismida universitetimiz yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori, pedagogika fanlari doktori, professor Choriyev Ro‘zimurod Qo‘ng‘irotovich hamda ma’naviyat bo‘limi boshlig‘i Xaydarov Zuhriddin Rabiyevichlar universitet “Odob-axloq” kodeksi bilan tanishtirilib, ushbu kodeksdagi eng muhim jihatlar haqida to‘xtalib o‘tishdi. R. Choriyev o‘z so‘zida "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonunni, boshqa qonun va qonunosti hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining pedagog va boshqa xodimlari, talabalari, doktorantlari kasbiy odob-axloqining tamoyillari, normalari, ta’lim jarayoni va xizmatdagi xulq-atvorining asosiy qoidalari bilan bog`liq munosabatlarni tartibga soladi – deb ta’kidladi.
Universitet matbuot xizmati