Universitet prorektorlari o‘quv jarayonida ham faol
Universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, t.f.d., professor Sultanov Toxirjon Zokirovich o‘zining asosiy faoliyatidan tashqari Mexanika va kompyuterli modellashtirish kafedrasida chorak stavkada 3-4 bosqich talabalariga Qurilish mexanikasi, inshootlar zilzilabardoshligi fanlaridan ma’ruza va amaliyot darslarini har o‘quv yilida o‘tib kelmoqda.
2023-2024 o‘quv yilida esa Gidrotexnika inshootlari ta’lim yo‘nalishining 3 bosqich talabalariga “Qurilish mexanikasi” mexanikasi fanidan o‘zining ma’ruza darslarini boshlagan. Dars jarayonida ishtirok etayotgan talabalarning har birini e’tibordan chetda qoldirmaydi. Dars davomida savol – javoblar ko‘p bo‘ladi, aqliy xujumga urg‘u beriladi, dars so‘ngida mustaqil topshiriqlar berilib, dars jarayonining vaqti to‘g‘ri taqsimlanishiga alohida e’tibor qaratadi.
Universitet matbut kotibi,
R.Jumaniyozov