Xalqaro yozgi maktab o‘z faoliyatini boshladi
“Sug‘orma dehqonchilik uchun suv–energiya–oziq-ovqat–atrof-muhit xavfsizligi barqarorligini baholash: O‘rta Osiyo bo‘yicha fanlararo yondashuvlar” mavzusidagi doktorantlarning 2-Xalqaro yozgi maktabi o‘z faoliyatini boshladi.
2-Xalqaro yozgi maktab joriy yilning 21-avgustidan boshlab bir hafta muddatda davom etadi.
Ushbu yozgi maktabning maqsadi doktorantlar va yosh olimlarga suv, energiya, oziq-ovqat va atrof-muhit o‘rtasidagi munosabatlarning barqarorligini baholashning zamonaviy tadqiqot usullari va metodologiyalari bo‘yicha yangi bilimlar berishdan iborat.
Yozgi maktab "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti, Germaniyaning Leybnis qishloq xo‘jaligini landshaftlari ilmiy-tadqiqot markazi (ZALF), Xalqaro suv resurslarini boshqarish instituti (IWMI) va Qurg‘oqchil mintaqalar bo‘yicha qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari xalqaro markazlari (ICARDA) hamkorligida tashkil etilib, unda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Germaniya, Ekvador, AQSH hamda O‘zbekistonlik doktorantlar va yosh olimlar ishtirok etishmoqda.
Mashg‘ulotlarni olib borish uchun Germaniya, O‘rta Osiyo, Pokiston, Hindiston, Kanada va “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetlarining yetuk olimlari jalb etilgan.
2-Xalqaro yozgi maktab dasturida ishtirokchilar o‘quv-ilmiy faoliyatdan tashqari keng ekskursiya dasturi ko‘zda tutilgan bo‘lib, unda ishtirokchilar suv xo‘jaligi obʼektlilari va Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylari bilan tanishadilar.
2-Xalqaro yozgi maktabi 25-avgustga qadar davom etadi.