E'lonlar

07.08.2023

To‘laganov Baxtiyor Qudratovichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

“Cho‘l-yaylov ozuqabop o‘simliklari urug‘li aralashmasini yig‘ishtiradigan mashina separatorining parametrlarini asoslash” mavzusida

To‘laganov Baxtiyor Qudratovichning 05.07.01 – “Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” ixtisosligida “Cho‘l-yaylov ozuqabop o‘simliklari urug‘li aralashmasini yig‘ishtiradigan mashina separatorining parametrlarini asoslash” mavzusida bajargan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.T.10.01 raqamli Ilmiy kengashning 2023-yil 9-avgust soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi. 

Manzil: 100000, Toshkent, Qori Niyoziy ko‘chasi, 39-uy. 

Tel.: (+99871) 237-09-45, faks: (+99871) 237-38-79.   

e-mail: admin@tiiame.uz