Yosh Olimlar Maktabi 2023 O'zbekistonda suv resurslariga iqlim ta'sirini baholash: Qishloq xo'jaligi va gidroenergetika sektorlariga ta'siri
2 Seminar haqida umumiy ma’lumotlar
“Yosh olim maktabi” O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi va suv resurslari bo‘yicha ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlarni qamrab oladi. Humboldt universiteti, "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti va O‘zbekiston Milliy universiteti kabi taniqli universitetlar, shuningdek, Helmgolts uyushmasining Germaniya yer fanlar tadqiqot markazi (GFZ Potsdam) va atrof-muhitni tadqiq qilish markazi (UFZ Leyptsig) kabi tadqiqot markazlari o‘qituvchilari iqlimning harakatlanishi va iqlim isishining suv resurslariga ta’siri haqida ma’ruzalar o‘qiydilar. Seminar gidrologiya va suv hosil bo‘lishining fizik jarayonlari bo‘yicha nazariy ma’lumotlar hamda O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi davrida suv resurslarini boshqarishda zamonaviy vositalar va modellashtirish usullaridan foydalanish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlardan iborat bo‘ladi. Til Kurslar ingliz tilida olib boriladi; shu sababdan ishtirokchilar ingliz tilini bilishi talab qilinadi.
Ma'ruzachilar
▪ Prof. Abdulhakim Salohiddinov (TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti)
▪ Doktor Stefan Geyer (UFZ Leyptsig, Germaniya)
▪ Janob Fillip Shuster (Gumboldt universiteti, Berlin, Geografiya fakulteti)
▪ Doktor G‘ulomjon Umurzoqov (O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent, O‘zbekiston)
▪ Doktor Abror Gafurov (GFZ Germaniya Geosilmlar tadqiqot markazi, Gidrologiya boʻlimi, Potsdam, Germaniya)
▪ Janob Aleksandr Georgi (Gumboldt universiteti, Berlin, Geografiya fakulteti)
▪ Doktor Akmal Gafurov (GFZ Germaniya Geologiya tadqiqot markazining Gidrologiya boʻlimi)
► Ko'proq ma'lumot uchun link