TIQXMMI yangiliklari

img
16.11.2021

Zavq-u shavqli musobaqalar

Sportning qaysi turi bo'lmasin, yoshlarni do'stlik va hamjihatlikka yetaklaydi. Talabalar bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishga doir chora-tadbirlar muntazam ravishda olib borilmoqda. QSXET fakulteti 1, 2 - bosqich talabalari o'rtasida Insititut sport zalida sportning volleybol, shaxmat, shashka turlari bo'yicha musobaqa tashkil etildi.Qiziquvchan, intiluvchan va shiddatli yoshlarimiz o'z faolliklari bilan ishtirok etishdi. G’oliblar esdalik hamda diplomlar bilan taqdirlanishdi. Sportning shaxmat turi bo’yicha  faxrli 1-o’rinni Ergashev To’lqin egallagan bo’lsa, Eshboyev Mirjalol 2-o’rinni, Berdiyev Ibrohim esa 3-o’rinni egallab g’oliblikni qo’lga kiritdilar. Shashka sport turi bo’yicha Eshboyev Mirjalol 1-o’rinni, Berdiyev Ibrohim 2-o’rinni  egallashdi.  Qizg’in tarzda o’tgan voleybol sport turi bo’yicha 108-guruh talabalari 1-o’rinni egallab g’oliblik shohsupasini egallashdi. “Lochinlar” guruhi 2-o’rinni egallagan bo’lsa, “Elektriklar ” guruhi 3-o’rinni egallashdi.

Bu singari musobaqalar bardavomligi talabalar hayotida muhim ekanligini katta qiziqishlaridan ham sezish qiyin emas. Ayniqsa, fakultetimizga biriktirilgan tyutorlarimizning ham ahil jamoamizga o'z taklif, mulohazalari bilan qo'shayotgan hissalaridan hamma burdek shod. Musobaqalarimiz davom etadi, barcha qiziquvchilarni keyingi  o'yinlarimizda kuzatib borishim uchun taklif qilamiz!

                   

 TIQXMMI  matbuot xizmati