TIQXMMI yangiliklari

img
16.11.2021

Xotin-qizlar Yangi O‘zbekistonning shukuhidir

GM fakulteti talabalar turar joyida “”Ekologiya va suv resurslarini boshqarish” kafedrasi dotsenti M.Abduqodirova rahbarligida "Xotin-qizlar O‘zbekistonning bunyodkorlaridir" mavzuda tadbir tashkil etildi. Tadbirda yuridik fanlar nomzodi, dotsent X.Nazarov xotin-qizlarning yangi O‘zbekiston taraqqiyotida tutgan o‘rni, ularni huquqlari, aholining yarmini ular tashkil etgan mamlakatimiz ravnaqini ta’minlashdagi munosib hissasini ta’kidladi. Ayollar mamlakatimiz ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hayotida qudratli kuch ekanligini misollar asosida tushuntirib berildi. Ayollar va qizlarimiz ilmli, salohiyatli, madaniyatli bo‘lsa kambag‘allik, qashshoqlik bo‘lmaydi. Gender tenglik prinsipi amal qilsa adolat, tartib-intizom barqaror bo‘ladi.

Tadbirda fakultet qizlarini yetuk, fidoiy, ilmli suv xo’jaligi muhandislari bo‘lib, yangi O‘zbekistonni munosib bunyodkorlari bo‘lib mamlakat ravnaqiga o‘zlarining munosib hissasini qo‘shishga da’vat etildi. Ularni savollariga javob berildi. Tadbir ayollarning irodasi, bilim – saviyasi, g‘ayrat-shijoati yangi O‘zbekistonni rivojlanishini ta’minlashda qudratli kuch ekanligi alohida e’tirof etildi. Tadbirda fakultet professor o‘qituvchilari ham ishtirok etdilar.

 

TIQXMMI  matbuot xizmati