TIQXMMI yangiliklari

img
16.11.2021

  “Technoways” - Innovatsiya, startap, texnologiya va dasturlash

Yaqinda prezidentimiz tomonidan ochib berilgan INNO texnoparkida 15 noyabrdan yoshlar uchun Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalar Milliy ofisi tomonidan tashkillashtirilgan “Technoways” texnologik rivojlanish marafonining Respublika bosqichiga start berildi.

Mazkur tadbir 24-noyabrgacha davom etadi va oliy taʼlim muassasalarining ilmga chanqoq iqtidorli talaba yoshlarini innovatsiya, startap, texnologiya va dasturlash boʼyicha bilimlarini oshirish, loyihalar yaratish hamda tijoratlashtirish koʼnikmalarini shakllantirishga qaratilgan. Marafonda yoshlar zamonaviy texnoparkining barcha imkoniyatlaridan foydalangan holda o’z innovatsion g’oyalari ustida ish olib borishadi. Bugun yoshlarga yaratilgan bunday imkoniyatlardan har bir talaba yoshlarimiz samarali foydalanib kelgusida o’z iqtidorini kashf eta olib ko’zlagan maqsadini amalga oshira olishi kerak.

Marafon davomida ishtirokchilar tegishli yoʼnalishlar boʼyicha guruhlarga taqsimlanadi. Mazkur guruhlarga Innovatsion ishlanmalar joriy etish ilmiy-amaliy markazi hamda tegishli soha mutaxassislaridan iborat murabbiylar tayinlanadi. Ishtirokchilar oʼzlari tanlangan yoʼnalishlari boʼyicha umumiy interaktiv seminar-treninglar va taqdimot mashgʼulotlarida ishtirok etadilar. Ushbu tadbirning yana bir e’tiborga molik jihati shundaki, “Technoways” texnologik rivojlanish marafoni Respublika bosqichining 30% ishtirokchilari aynan bizning institutimizga tog’ri keladi.

Bu ko’rsatkich fakultetlar kesimida esa Gidromelioratsiya fakulteti “Hydroleaders” jamoasidan 24 nafar, Qishloq va suv xo’jaligida energiya ta’minoti fakultetidan 5 nafar va Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash fakultetidan 2 nafar iqtidorli talabalar o’z loyihalari bilan qatnashmoqdalar. Institutimizning iqtidorli, bilimga chanqoq va  innovator talabalariga omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo'limi axboroti