“WEFCA II-Xalqaro yozgi maktab – 2023” tashkil etilmoqda
“WEFCA II-Xalqaro yozgi maktab – 2023”
Mavzu: Sugʻorma dehqonchilik uchun suv-energiya-oziq-ovqat-atrof-muhit bogʻliqligining barqarorligini baholash: Markaziy Osiyo uchun fanlararo yondashuvlar (WEFCA)
Maqsad: Yozgi maktab ko'plab barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish va Markaziy Osiyo va undan tashqarida inklyuziv rivojlanishni qo'llab-quvvatlash uchun suv-energiya-oziq-ovqat-atrof-muhit (WEFE) nexus yondashuvini qabul qilish bo'yicha ishtirokchilarning kasbiy salohiyatini kuchaytirishga qaratilgan.
Yozgi maktab ishtirokchilari: doktorantlar.
Ishtirokchi davlatlar: Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston hamda Germaniyadagi universitetlar va ilmiy-tadqiqot muassasalaridan qiziqqan nomzodlar ariza topshirishlari tavsiya etiladi.
Kurs tili: INGLIZ TILI.
Ishtirokchilarning maksimal soni: 25 kishi.
Yozgi maktab xalqaro qishloq xo'jaligi tadqiqotlari markazlari (CGIAR) konsortsiumining NEXUS Gains tashabbusi tomonidan moliyalashtiriladi.
Ariza topshirishning oxirgi muddati: - 2023yil 30 yun.
Muvaffaqiyatli ariza beruvchilarga yo’l xaqqi, viza toʻlovlari (agar kerak boʻlsa), oziq-ovqat va turar joyni oʻz ichiga olgan yo’lovlar amalga oshiriladi.
Arizani yuborish: Qiziqqan tadqiqotchilar oʻz arizalarini elektron pochta orqali (1 dona pdf-fayl, maksimal hajmi 3 MB) S.Kenjabaev@cgiar.org manziliga yuborish mumkin.
O’tkazilish joyi: 2023 yil 21-25 avgust “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti. Qori-Niyoziy ko'chasi, 39, Toshkent, Oʻzbekiston.
WEFCA II-xalqaro yozgi maktabi haqida quyida batafsil tanishish mumkin: https://online.pubhtml5.com/bctyv/bnun/