Аyоl - jаmiyаt koʼzgusi
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni bilan xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish boʼyicha milliy dastur qabul qilingan. Unga muvofiq, xotin-qizlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash - ilm-fan va innovatsiyalar sohasiga jalb etish, oliy taʼlim olishiga boʼlgan qiziqishlarini ragʼbatlantirish, huquqiy savodxonligini oshirish, ular oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish, xotin-qizlar sportini rivojlantirish, kiyinish madaniyati, milliy liboslarga zamonaviylikni uygʼunlashtirish, “Аyollar daftari”ga kiritilgan hamda koʼmakka muhtoj insonlar holidan xabar olish tadbirlari tashkil etilmoqda.
Аna shu kabi tadbirlardan bir unversitetimizda ham tashkil etildi. Tadbirda “Yer resurslari va kadastr” fakulteti va “Gedrotexnika qurilishi” fakultetlarda tahsil olayotgan talaba-qizlar oʼrtasida "Siz yangi qonunni bilasizmi?" mavzusida viktorina oʼtkazildi. Tadbirni "Yer resurslari va kadastr" fakulteti dekani Sh.Narbaev ochib berdi. Fakultetlarimizni faol tashabbuskor zukko talabala-qizlari yangi qonunimizga kiritilgan oʼzgartirishlarni qay darajada bilishlarini ajoyib chiqishlari va savollarga javob berishlari bilan tadbirga yig`ilgan tengdoshlariga qonunlarni mazmun mohiyatini batafsil yetkazib berishdi.
Darhaqiqat, bugungi kunda aholining, shu jumladan, xotin-qizlarning qonunlarni bilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan, taʼlim muassasalarida “Siz yangi qonunni bilasizmi?” mavzusida oʼtkazilayotgan viktorinalar talaba-qizlarimizni yanada huquqlarini bilishlari uchun dasturulamal boʼladi deb bemalol ayta olamiz. Unversitetimiz professori xotin-qizlar masalalari boʼyicha rektor maslahatchisi Z. Ismoilova talaba-qizlarimizga qarata bugungi kundagi siyosatchi lider ayollar qatorida boʼlishlari kerakligi, ularga izdosh boʼling deya qizlarimizga maslahatlar berishdi.
Yuridek fanlari nomzodi dotsent R.Kenjaev talaba-qizlarimizga yangi asosiy qonunimizni aynan ayollarga doir savollari bilan murojaat qilishdi va talaba-qizlarimiz tomonidan yetarli darajada javoblar olib, ularga kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladilar. Biz esa ushbu tadbirni rejalashtirgan fakultet xotin-qizlar masalalari boʼyicha dekan maslahatchisi Z.Hafizova, Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H.Eshovaga va fakultetlar tyutorlari S.Ibragimova, D.Xursandovaga, А.Xayitova hamda D.Egamovalarga oʼz minnatdorchiligimizni bildiramiz.
YRK fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H. Eshova axboroti
Universitet matbuot xizmati