TIQXMMI yangiliklari

img
15.11.2021

Yutuqlar yangi zafarlar sari yetaklashi shart

Institutimizning 2020 - yilda Milliy reyting bo’yicha erishilgan natijalar tahliliga bag’ishlangan ta’lim muassasasmiz jamoasi, professor-o’qituvchilar ishtirok etgan  tadbir chinakam ma’noda sarhisob va kelgusida qilinadigan ishlarning strategik tahliliga bag’ishlandi, desak xato bo’lmasa kerak. Tadbirda mavzu yuzasidan institutimizning Birinchi prorektori Mirzayev Bahodir Suyunovich ma’ruza qildi. Yutuqlar bilan esankirab qolmasdan aha shu zafarlarni mahkam ushlash va yanada kuch-g’ayrat hamda intellektual salohiyat bilan ishlash kerakligini uqtirib o’tdi.

Institutimiz nufuzining tobora oshib borishi pedagogik jamoaning uyushqoqligi, o’z ustida ishlashi, pedagogik mahoratni oshirishi,  ilmiy-tadqiqot ishlarini jadallashtirish masalalari bilan bog’liq ekani e’tirof etildi. Pedagogik jamoaning faolligi va ish natijalariga qarab o’qituvchilarga ilmiy daraja va unvoniga asoslangan holda, pul miqdorida rag’batlantirilish e’lon qilindi. Jamoamizning ma’ruzadan ruhlanish asnosida yangi kuchga to’lib, yangi g’ayrat va motivatsiya olganiga shubha yo’q.

TIQXMMI matbuot xizmati