TIQXMMI yangiliklari

img
02.06.2023

“Аbdulla Oripov” nomidagi maxsus stipendiyaning fakultet bosqichi

Oʼzbekiston qahramoni, Oʼzbekiston xalq shoiri Аbdulla Oripovning hayot yoʼli va ijodini oʼrganish, bugungi kunda yosh avlod tarbiyasi va maʼnaviyatini yuksaltirish, vatanparvarlik, ona tabiyatga muhabbat, mehr-oqibat tuygʼularini mustahkamlash boʼyicha "Yer resurslari va kadastr" fakultetda bir qator ishlar amalga oshirildi. Fakultetimizning faol iqtidorli ijodkor talabalari “Аbdulla Oripov” nomidagi maxsus stipendiyasiga oʼz nomzodini qoʼyishgan. Bugun ishchi guruh tuzilib nomzodlarni taqdimoti tinglandi. Dastaval, “Аbdulla Oripov” maxsus stipendiyasi toʼgʼrisidagi Nizom talablari doirasida fakultetdan talabgor boʼlgan “Yer resurslari va kadastr” fakultetida “Аbdulla Oripov” nomidagi maxsus stipendiyasiga nomzodlar ijodiy ishlarini va hujjatlarini oʼrganuvchi ishchi guruh fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan oʼrinbosari soʼzga chiqib, Tanlovga fakultet talabalaridan kelib tushgan murojaat ish hujjatlari va talabgorlarni ishchi guruhga tanishtirdi.

Shuningdek,“Аbdulla Oripov” nomidagi maxsus stipendiya toʼgʼrisidagi Nizom talablari bilan tanishtirdi. Soʼz navbatini ishchi guruh raisi Sh.Narbaevga berdi. Sh.Narbaev soʼzga chiqib, talabalarning taqdimotlariga ruxsat berdi. Nomzodlar 2-kurs, 202-guruh talabasi Xolmurodova Fayoza Аkbar qizining Аbdulla Oripov stipendiyasiga nomzod sifatida oʼz taqdimotini olib borib, shoir ijodi va hayot yoʼli shoirning ijod namunalarida ilhomlanganligi, oʼzining ijod yoʼlida katta oʼrin tutishi borasida taqdimot qildi. Yozgan sheʼrlaridan namunalar oʼqib berdi. Oʼzining ilmiy va ijodiy ishlarini namoyish etdi. Keyingi nomzod 2-kurs, 206-guruh talabasi Nazarova Nafisa Sherali qizining Аbdulla Oripov stipendiyasiga nomzod sifatida oʼz taqdimotini amalga oshirdi. Oʼzining ilmiy va ijodiy ishlarini namoyish etdi. Oʼz ijod namunalaridan oʼqib berdi.

Soʼngi nomzodimiz 3-kurs, 310-guruh talabasi Tojiev Xudoyberdi Аblakim oʼgʼlining Аbdulla Oripov stipendiyasiga nomzod sifatida oʼz taqdimotini amalga oshirdi. Oʼzining ilmiy va ijodiy ishlarini namoyish etdi. Oʼz ijod namunalaridan oʼqib berdi. Аbdulla Oripov ijodini ommalashtirish hamda targʼib qilish borasida oʼz takliflarini bildirib oʼtdi. Fakultet xotin-qizlar kengashining dekan maslahatchisi Z.Xafizova soʼzga chiqib, Аbdulla Oripov nomidagi stipendiya talabgorlar ularning ijodiy ishlariga baho berib, shoirning ijodini chuqurroq oʼrganish, uning tarjimonlik doirasida amalga oshirgan ishlari, yozgan sheʼrlarini oʼqib oʼrganish, bosib oʼtgan hayot yoʼli yosh avlodga ibrat boʼlishi, shuningdek, Аbdulla Oripov ijodini ommalashtirish, targʼib qilish borasida keyingi ijodiy ishlarida taklif va mulohazalarini ishlab chiqish boʼyicha oʼz tavsiyalarini berib oʼtdi.

Fakultet ishchi guruhi Аbdulla Oripov stipendiyasiga talabgorlarning ish hujjatlari va taqdimotlarini oʼrganib chiqib, Nizom talablari doirasida taqdimotlarini koʼrib chiqdi. Nomzodlarini ijodiy ishlari va qobiliyatlarini tahlil qilib, yakuniy xulosaga kelindi. Unga koʼra birinchi oʼrin 2-kurs, 206 -guruh talabasi Nazarova Nafisa Sherali qiziga ikkinchi oʼrin 3-kurs, 310-guruh talabasi Tojiev Xudoyberdi Аblakim oʼgʼliga uchinchi oʼrin 2-kurs, 202-guruh talabasi Xolmurodova Fayyoza Аkbar qiziga berildi. Barcha talabalarimizga keyingi bosqinchga omadlar tilaymiz!

"Yer resurslari va kadastr" fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova axboroti

Unversitet  matbuot xizmati