Yashil texnologiyalarni joriy etish tashabbusi bilan
"Gidromelioratsiya" fakultetining “Hydroleaders” jamoasi a`zolari Shamsiddinov Xushnudbek va Abdukadirova Kamila “World Aral Region Charity” loyihasida ishtirok etdi. Ushbu loyiha Qoraqalpog`iston Respublikasi Orol bo`yi hududlaridagi maktablarda yashil texnologiyalarni joriy etish bilan shug`ullanadi.
O`zbekistonlik yoshlar va Amerika Qo`shma Shtatlari, Niderlandiya, Afg`oniston va Fransiyadan tashrif buyurgan loyiha ishtirokchilari 15 kun davomida maktablarda Ekomuhandislik, Ekoteatr va Ekohuquq bo`yicha darslar berib bordi.
Universitetimiz talabalari To`rtko`l tumanidagi 39 va 47-maktablarda ichimlik suvi filtrlari o`rnatilishi, suv tejamkor texnologiyalar: tomchilatib sug`orishni joriy qilish, gidrogel vositalari orqali sug`orishni tashkil etilishi, issiqxonalar tashkil etilishida samarali ishtirok etishdi.
Universitet matbuot xizmati