Teatr - tarbiya va ma’naviyat o’chog’i
TIQXMMI” Milliy tadqiqot univesiteti barcha fakultet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinlari, tyutorlari hamda tarbiyachi pedagoglar va ularga biriktirilgan 500 nafar talabalar bilan joriy yilning 25-may kuni Toshkent shahrida joylashagan O‘zbek Milliy Akademik drama teatrida Nurillo Abbosxon qalamiga mansub “O‘zgalar dardi” spektakliga 26-may kuni esa 400 nafar talabalar bilan birgalikda O‘zbekiston davlat Satira teatrida Uchqun O‘sarov qalamiga mansub “Chig‘iriq” spektakl tomoshasiga tashrif buyurdilar.
“O‘zgalar dardi” spektaklida talabalarimiz Oliy toifali shifokor Zahro Samadovna nafaqaga chiqqan bo‘lsada hamon o‘zgalar dardi bilan yashashini, haligacha bemorlarni davolab ularga beminnat xizmat qilishini uning bolaligidagi do‘sti Rizvon opa uning doimiy mexmoni ikkisining tabiati ikki hil, ammo bir-biriga o‘rganib qolganligini Rizvon opa sobiq dexqon, shattaki va jaydari, oila farzandlar dardida charchab, kuchdan qolganligini har ikkalasining ham yashab o‘tgan yo‘llari kechirgan kechinmalari nechog‘lik mushkul bo‘lganligini va bu qiyinchiliklarga sabr bardosh bilan chidaganligi sababli hayotlarining keksalik davrlarini rohat farog‘atda oila va farzandalar davrasida o‘tkazishganligining guvohi bo‘ldilar.
“Chig‘iriq” komediya janridagi spektakl yoshlarni bir-birini sinashib, bilishib oila qurishga chaqiradi. Hozirgi kunda boyligiga uchib bir-birini bilmasdan oila qurib, keyin ajrashib ketayotgan yosh oilalar juda ko‘p. Ushbu komediyaning tarbiyaviy ahamiyati jamiyatimizdagi ana shunday holatlarning oldini olishga qaratilgan. Har ikkala spektaklda ham talabalarimiz tarbiyaviy ahamiyatga ega bo`lgan ma`lumotlarni olib miriqib dam oldilar va hayotlari davomida kerak bo`ladigan fikr mulohazalarga ega bo‘lishdilar.
Universitet matbuot xizmati