TIQXMMI yangiliklari

img
25.05.2023

“Bizning jamiyatda korrupsiyaga o‘rin yo‘q”

2023 yil 25 may kuni "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqod universiteti Buxgalteriya bo‘limi, xo‘jalik moliyaviy bo‘limlari  xodimlar  o‘rtasida “Bizning jamiyatda korrupsiyaga o‘rin yo‘q” mavzusida va  korrupsiyaning oldini olish profilaktikasi tadbirlari doirasida o‘tkazilgan tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari adliya maslaxatchisi B.B.Xusainov bo‘lim xodimlari R.To‘raev, M.Axmedov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Kompleans-nazorat” tizimini  boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.U.Gapparov, Universitet huquq targg‘ibot maskani profilaktika katta inspektori A.R.Ubaydullaev va Buxgalteriya bo‘limi, xo‘jalik moliyaviy bo‘limlari  xodimlari ishtirok etishdi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari adliya maslaxatchisi B.B.Xusainovni yig‘ilish ishtirokchilari B.B.Xusainovga berdi, O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvar kungi №413-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni korrupsiya, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik, manfaatlar to‘qnashuvi, Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari, Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlari to‘g‘risida tushuntirdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 maydagi PF-5446-sonli ”Byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizimlarini takomillashtirish chor-tadbirlari to‘risida”gi Farmoniga asosan iqtisodiy va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, chek qo‘yish va bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga asosiy vazifalar, funksiyalari va bir qancha vazifalar belgilab qo‘yilganligi xaqida ma’lumot berdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 noyabrdagi “Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini hisoblash va yuritish tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” va 2022 yil 31 yanvardagi “Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari xususida so‘z yuritildi.

Soha mutaxassislari tomonidan loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reyting tizimini shakllantirish, elektron tanlov va tender savdolarida maxsus etender.uzex.uz veb-saytidan ro‘yxatdan o‘tish, shuningdek, elektron tanlov, tender savdolarida ishtirok etishga oid zarur tushunchalar berildi. “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunga asosan qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish, shaffoflikni ta’minlash maqsadida Hukumat qarori bilan “Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risi”da nizom tasdiqlanganligi, bu borada inson omilisiz boshqariladigan, amaliyotga keng joriy qilinayotgan “Shaffof qurilish” tizimi qurilish sohasini korrupsiyadan holi qilish maqsadida amaliyotga joriy etilmoqda va ishtirokchilarga mazkur onlayn tizimning imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek yig‘ilish qatnashchilari Buxgalteriya bo‘limi va xo‘jalik moliyaviy bo‘lim xodimlari hamda qurilish korxona raxbarlari tomonidan o‘zlarining sohaga alaqador savolllari- takliflari bilan murojaat qilishdi va qoniqarli darajada batafsil javoblar oldilar. Universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini inobatga olgan holda xodimlarning huquqiy madaniyatini, kasbiy tayyorgarlikning sifatini oshirishga hamda Buxgalteriya bo‘limi, xo‘jalik moliyaviy bo‘limlari xodimlarining o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish yuzasidan mas’uliyatini kuchaytirish kerakligi ta’kidlab o‘tildi. Yig‘ilish so‘ngida A.U.Gapparov Universitet jamoasi o‘rtasida mana shunday tadbirlar va targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish turli jinoyatchilikning oldini olishga katta yordam berishi shubhasiz ekanligi haqida gapirib B.Xusanovga va bo‘lim xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.