TIQXMMI yangiliklari

img
25.05.2023

O‘zbek adabiyotining chaqmoq shoiri

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot univesiteti barcha fakultet tyutorlari hamda ularga biriktirilgan 1-2-kurs talabalar joriy yilning 23-may kunlari Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida joylashgan “Muqumiy” nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teаtriga otashin shoir tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan “Usmon Nosir” musiqali spektakliga tashrif buyurdilar.

Talabalar sahnalashtirilgan spektakl davomida  Usmon Nosirning hayoti va ijodi uning qisqa bo`lsada yashab o‘tgan umri davomida kechirgan kechinmalari jumladan, shoirga O‘zbekiston SSR Jinoyat kodeksining 60-moddasi 1-qismi bilan “muntazam ravishda millatchilik va aksilinqilobiy tashviqot olib borgani va Sovet hukumati haqida ommaviy ravishda odobsiz shaklda so‘zlagani” ayblovi qo‘yilganligini va  “Xalq dushmani” tamg‘asi bilan hali 25 yoshga to‘lmagan shoir Zlatousk, Vladivostok, Magadan, Mariinsk qamoqxonarida bo‘lganligini 1943-yili Kemerovo viloyatida joylashgan Sibir lageriga jo‘natilganligini, 1940 yilning 20-avgust kuni Usmon Nosir Magadandan I.V.Stalin nomiga xat yozgan Maktubda shoir “ish”ini qayta ko‘rib chiqishlarini so‘ragan. Shuningdek, qamoqxonada turib ham “she’riy roman, uchta sahna asari va bir qator she’rlar yozgani” haqida xabar berilganligini maktubda: “Men hali yoshman va g‘ayratga to‘laman.

Men xalq uchun ijod qilishim kerak! Menda ayb yo‘q!” degan so‘zlar ham bo‘lganligini, ajablanarlisi, minglab shunday maktublar orasidan Usmon Nosirning xati e’tiborga tushganligini va O‘zbekiston hukumati Kremldan shoir ishini qayta ko‘rib chiqish haqida buyruq olganligini, 1944 yilning so‘nggida professor Borovkov, shoir Maqsud Shayxzoda, va “Qizil O‘zbekiston” gazetasi bosh muharriridan tarkib topgan komissiya Usmon Nosirni aybsiz deb topganligini, biroq bunday xulosaga endi juda kech ekanligini shoir 1944-yilning 9-mart kuni vafot etganligini uni mahalliy aholilardan bo‘lgan Anatoliy Mitrofanovich Sirota ismli inson dafn etganligi haqida bilimga ega bo‘ldilar.  Talabalarimiz sahnalashtirilgan spektakl jarayonida ulug’ shoirimiz hayoti va ijodidan mamnuniyat, g‘urur, faxr va katta taassurotlar bilan chiqishdi.

“Ekologiya va huquq” fakulteti tyutori I.X.Axmedova axboroti

   Universitet matbuot xizmati