Kredit-modul tizimi: Talabalar yozgi semestrini tashkil etish muammolari
"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti B bino 109-auditoriyasi Turon Bank xonasida 2023-yil 20-may kuni dekan o'rinbosarlari, tyutorlar, murabbiylar va universitet yosh o'qituvchilari uchun "Kredit-modul tizimi: Talabalar yozgi semestrini tashkil etish muammolari" mavzusida seminar bo'lib o'tdi.
Yig'ilish yosh o'qituvchilarga kredit modul tizimi orqali o'qitishdagi yuzaga kelayotgan kamchilik va tushinmovchiliklarni hal etish yuzasidan ma'lumot berish maqsadida tashkil etildi. Seminarda universitet O'quv ishlari bo'yicha prorektori Xudayarov Baxtiyor Alimovich talabalar yozgi semestrni kredit modul tizimi orqali tashkil etishdagi yangi vazifalar va rejalar haqida gapirib, tushuntirishlar berdilar hamda kredit modul tizimining eski o'qitish tizimidan farqli jihatlari, yozgi semestrni tashkil etish, talaba bilim olishi uchun fanga ajratilgan kreditga mos to’lovni amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolar va ularning yechimi bo’yicha ma’lumotlar berildi.
Seminar qatnashuvchilariga may-iyun oylarida tashkil etiladigan talabalar yozgi semestrining muddatlari bo’yicha ma'lumotlar berildi. Seminarda qatnashgan mas’ullarga ushbu ma’lumotlarni fanlarni o’zlashtira olmagan har bir talabaga yetkashilishi so’raldi. Berilgan ma'lumotlar asosida seminar qatnashchilari va yosh o'qituvchilar o'zlarini qiziqtirgan ko'plab savollarga javoblar olishdi.