TIQXMMI yangiliklari

img
20.05.2023

“Mingo‘rik” yodgorligiga sayohat

“Toshkent  irrigatsiya va qishloq  xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” – Milliy tadqiqot Universiteti  “Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori G.Axmedjanova hamda “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi dotsenti  O.Ro‘ziqulova bilan birga “Injenerlik geodeziyasi” fanidan o‘quv amaliyotini o'tash hamda  “Xalqaro muzeylar kuni” munosabati bilan  joriy yilning 18 may sanasida Toshkent shahrining qadimgi  “Mingo‘rik”  yodgorligii qal‘asiga tashrif buyurishdi. “Ming o‘rik” qadimiy xarobalardan biri bo‘lib, arxeologlarning tadqiqotlariga ko‘ra eramizning 1 asrlarida  hatto O‘rta Osiyoga arablar kelguniga qadar ham mavjud bo‘lgan. Olimlarning fikricha, bu yerda joylashgan majmua turkiy hukmdorlarning qadimiy qarorgohi bo‘lib xizmat qilgan.

Binolarning joylashuvi va inshootlarning sxemasi shuni ko'rsatadiki, bu erda qadimgi butparast ibodatxonalar joylashgan bo'lib, olov uchun ochiq qurbongohlar mavjud. Qadimgi hoqonlikning poytaxti mеlodiy IV asrgacha mavjud bo'lgan. Xitoy manbalarida aytilishicha, hozirgi Toshkent hududi Qangyuylar davlati tarkibiga kirgan. Qangyuy davlati parchalanganidan keyin IV asr boshlarida hozirgi Toshkent joylashgan bu hudud mustaqil davlatga aylandi. Toshkent shahri hududida joylashgan Ming-O‘rik, Qanqa, Shashtepa kabi noyob aholi punktlari poytaxtimizning tarixiy urbanizatsiyasi qanday kechganining yorqin dalilidir. Bugungi kunda Mingo‘rik shaharchasi va uning hududida joylashgan muzey davlat muhofazasida boʻlib, Toshkent tarixini oʻrganish uchun eng qiziqarli obyektlar hisoblanadi.

        “Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori G.Axmedjanova axboroti

              Universitet matbuot xizmati