TIQXMMI yangiliklari

img
15.11.2021

Birliksiz kuch bo'lmas

Joriy yilning 12 noyabr kuni 4-TTJ starostasi, GTS fakulteti Nasos stansiyalari va qurilmalaridan foydalanish va tashxisi yo'nalishi magistranti Mamatsharipova Nilufarning murojaatiga ko'ra  GTS, KSXET fakulteti 1-2-kurs talaba yoshlari bilan institut psixologi  M.K. Muxamedova  “Biz birgamiz!!!” mavzusida tadbir o'tkazdi. Tadbir talabalar o'rtasida paydo bo'lgan ziddiyatlarga barham berib, kollektivda birdamlikni, jipslashishni va do'stona munosabatlar mustahkamligini shakllantirish maqsadida tashkil etildi. Tadbir “Birlashgan o'zar birlashmagan to'zar” deb nomlangan ertakli terapiya bilan boshlandi. Tadbir davomida “Menga o'xshash mavjudot”, “O'nqir – cho'nqir”, “Alfavit”, “Men sizdan ............o'rgandim.” , “Biz birgamiz!!!” deb nomlangan bir – biridan  qiziqarli trening mashg'ulotlari o'tkazildi. Tadbirda  4-TTJ tarbiyachi pedagogi N. Isoqulova va GTS fakulteti magistranti N.Mamatsharipovalar ham faol ishtirok etishdi. Tadbir davomida barcha ishtirokchilar qizg'in qatnashishdi. Tadbir so'ngida barcha ishtirokchilarning olgan taassurotlari muhokama qilindi.

Treningga ko'pchilik ishtirokchilar: “Vaqtimni foydali ish bilan shug'ullanishga sarflaganim ma'qul edi” , deb kelishgan ekan. Mashg'ulot davomida bu tushunchalari butkul xato ekanini, barchalarini ko'ngillari yayrab dasturda ishtirok etishganini va barcha tashvishlarini unutib, dasturdan o'zlari uchun kerakli xulosa chiqarishganini ta'kidlab o'tishdi. Keyingi treningga liderlik qobiliyatini shakllantirish maqsadida KSXET fakulьteti talabasi Kumush trener bo'lish  istagini bildirib o'tdi. Barcha yig'ilganlar ushbu tadbirda o'tkazgan vaqtlari uchun mamnun ekanliklarini va keyingi tadbir “Inson aurasi va energiyasi” mavzusida tashkillashtirilishi haqidagi takliflar bilan o'z yakuniga yetdi.

 

Institut psixologi M.K. Muxamedova axboroti