Universitetimiz professor-o‘qituvchilarining Beshkent qishloq xo‘jaligi texnikumiga tashrifi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 11 apreldagi yig‘ilishi 17-son bayoniga muvofiq OTMlarga yuklatilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti professor-o‘qituvchilari Beshkent qishloq xo‘jaligi texnikumiga tashrif buyurishdi.
Universitetning “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi professori M.Xamidov hamda dotsent Q.Isaboyevlar tomonidan Qashqadaryo viloyatiga qilingan xizmat safari davomida professor-o‘qituvchilarimiz texnikum talabalari, pedagoglari va rahbariyati bilan Prezidentimizning yoshlarga e’tibori, yaratib va imtiyozlari to‘g‘risida ochiq davra suhbati o‘tkazildi. Bundan tashqari texnikum o‘quvchilariga «TIQXMMI» MTUning tarixi, bugungi kuni, atoqli bitiruvchilari, mavjud ta’lim yo‘nalishlari, bitiruvchilari ishlashi mumkin bo‘lgan tashkilotlar, respublikamizda universitetimiz tayyorlaydigan kadrlarning o‘rni, salohiyati, erishayotgan yutuqlari, xalqaro loyihalari va bugungi kunda mamlakatimizda iste’dodli yoshlarni qo‘llab quvvatlash maqsadida yaratilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
So‘ngra suv xo‘jaligi mutaxassisligi yoʻnalishidagi o‘quvchilar bilan “Suv tejamkor innovatsion texnologiyalar” sohasiga oid olib borilayotgan yangi ilmiy loyihalar to‘g‘risidagi master klasslar, darslar hamda davra suhbatlari o‘tkazildi. Uchrashuvlar so‘nggida texnikum va Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalari instituti talabalar uchun laboratoriya darslari hamda yosh olimlar, doktorantlar uchun ilmiy tadqiqotlarda foydalaniladigan «Agrometeostansiya» topshirildi.