Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimlarida amaliyot o‘tash
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 8 maydagi 88-sonli buyrug‘iga binoan Qishloq xo‘jaligi va iqitisodiyot ta’lim sohalarida tahsil olayotgan talabalarni Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparatida uning tizim tashkilotlarida hamda hududiy bo‘linmalarida o‘quv, ishlab-chiqarish texnologik amaliyotlari tashkil etildi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati Inson resurslarini rivojlantirish vа boshqarish boshqarmasi boshlig‘i U.Saidova va “TIQXMMI” MTU Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i X.Xayitovlar ishtirok etishdi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida amaliyot o‘tash uchun tavsiya etilgan 60 nafar talabalar qatnashishdi va suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan universitetimizning Suv xo‘jaligi melioratsiya, Yеr kadastгi va уегdаn foydalanish, Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarinig 10 nafar talabalari vazirlik markaziy apparatida va uning tizim tashkilotlarining bo‘linmalariga tajriba orttirish va amaliyot o‘tashlari uchun biriktirildi.
Amaliyot davri davomida o‘z-bilim ko‘nikmalarini orttirishlari uchun imkoniyatlar yaratilishini hamda, vazirlik tizimlari tashkilotlariga kelgusida ishga qabul qilish istaklarini bildirishdi.