TIQXMMI yangiliklari

img
07.05.2023

Jasoratli ajdodlarga avlodlar minnatdorligi

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti  “Energetika” fakulteti tyutorlari Khudoynazarova Dilnavoz va Abdullayev Botir tomonidan rejalashtirilgan holatda 1 kurs talabalarni joriy yilning 5-may kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda uning hududida joylashgan “Shon-sharaf” davlat muzeyiga tashrif buyurdilar. “Shon-sharaf” davlat muzeyining yon atrofiga Ikkinchi jahon urushida qatnashgan 300 nafardan ortiq qahramonimiz sharafiga o’tqazilgan ko`chatlar, shuningdek, “Mangu jasorat” deb nomlangan majmuada afsonaviy o‘zbek generali Sobir Rahimov va barcha o‘zbekistonlik botir jangchilarning so‘nmas xotirasi ifodalangan.

Bu majmua yurtimizdan yetishib chiqqan qo‘rqmas, mard va jasur, matonatli sarkardalar, jangchilardan faxrlanish, jasoratlaridan doimo ibrat olish, dunyodagi eng buyuk xalqlardan biri ekanligimizni his qilish, Vatandoshlarimizda shu zamin, shu yurt farzandi ekanligidan g‘urur, faxr-iftixor tuyg‘ulari uyg‘onishiga xizmat qiladi. Bu majmua  har bir insonda bugungi tinchlik-osoyishtalik, farovon hayot qanchalik bebaho ne’mat ekanligini, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash muqaddas burch ekanligini anglatadi.

“Energetika” fakulteti tyutorlari  va 1-bosqich talabasi S. Jo`rayev  axboroti

Universitet matbuot xizmati