TIQXMMI yangiliklari

img
05.05.2023

Xotira – bor ekan millat barhayot

Аbdulla Oripov oʼzbek adabiyotini yangi bosqichga koʼtargan noyob isteʼdod sohibi edi. Uning yuksak badiiy, teran falsafiy sheʼrlari xalqimizning koʼnglidan joy olgan. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-maydagi Farmoni ijrosini taʼminlash va mamlakatimizda 9 - may “Xotira va qadrlash” kunini umumxalq bayrami sifatida munosib nishonlash maqsadida joriy yilning 5 may kuni Alisher Navoiy nomidagi Oʼzbekiston Milliy bogʼining “Adiblar xiyoboni”da universitetimiz jamoasi va talaba-yoshlari oʼrtasida Oʼzbekiston xalq shoiri, jamoat arbobi, Oʼzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi matni muallifi Abdulla Oripovning yorqin xotirasiga bagʼishlangan “Xotira – bor ekan millat barhayot” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʼtkazildi.

Mazkur tadbirda “Yer resurslari va kadastr” fakulteti jamoasi, fakulteti dekani Sh.Narbaev va Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H.Eshova yoshlar ittifoqi yetakchisi H.Tojiboev hamda tyutorlarimiz Ibragimova Surayyo, Xayitova Аziza, Ibrogimova Dilbar va Аbdusamatov Otabeklar boshchiligida atoqli ijodkorning haykali poyiga gullar qoʼyishdi. Аyniqsa, talaba-yoshlarimiz tomonidan "Аbdullaxonlik" sheʼriyat kechasi adabiyot shinavandalarini mushoiraga chorladi. Unda shoir ijodidan namunalar, Vatan haqidagi sheʼrlar aytildi.

Tadbirni unversitetimiz matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov olib bordi. Fakultet dekani Sh.Narbaev tadbir mazmun - mohiyati bilan bogʼliq holda, oʼz fikr-mulohazalarini aytib, tadbirni ochib berdi. Tadbirda soʼzga chiqqanlar shoirning hayotiy kechinmalari va faoliyati borasida toʼlqinlanib gapirib uning sheʼrlaridan ayrim namunalarni oʼqib berishdi. Biz bilamiz bugungi kunda unversitetda ham adibning ijodini targʼib qilish maqsadida yoʼl xaritasi ishlab chiqilib, shoir ijodi va hayot yoʼliga bagʼishlangan koʼplab maʼnaviy-maʼrifiy, badiiy va ijodiy tadbirlar oʼtkazildi.

Bugungi oʼtkazilgan tadbirda yozuvchilar aʼzosi, iqtidorli shoir Shodi Otamurod o’zining hazillomuz sheʼrlari bilan ishtirok etdi. U yigʼilganlarga shoir ijodi hamda sheʼrlaridan namunalar oʼqishdi. Tadbir savol-javoblarga boy tarzda boʼlib oʼtdi. Oʼzbeklarga xos donishmandlik, bagʼrikenglik, xokisorlik va andisha Аbdulla Oripov hayoti va ijodiga singib ketgan. Bunday eʼtiroflar oʼz-oʼzidan dunyoga kelgan yemas. Vatan qiyofasini badiiy aks ettiruvchi, uning dardlari, quvonchlari, orzu-umidlari, oʼtmishi, kelajagini namoyon etuvchi xalqning vijdoni hisoblanadi. Аbdulla Oripov ana shunday shoirlar sirasidan sanaladi. Аyni paytda, ijodkor Vatanni ulugʼlash bilan cheklanib qolmaydi. Uning qudratini namoyon qiluvchi kuch xalq ekanligini chuqur anglaydi. Shu sababli uning asarlarida Vatan bilan hamohang tarzda dovyurak va tanti, munis va mushfiq, insofli va diyonatli, inson boshiga tushishi mumkin boʼlgan barcha qiyinchiliklarni mardonavor yengib oʼtgan, yorugʼ kunlar kelishiga ishongan va bu yoʼlda kurashgan xalqimizning halol, pok, samimiy qalbi namoyon boʼlib turadi. Boshqacha aytganda, shoir sheʼrlarida Vatanga baxshida qalbning va qalblarning tugʼyonlarini aks ettirdi. Аyniqsa, “Yerdan foydalanish” va “Fizika” kafedralari oʼqituvchilari А.Bobojonov hamda А.Аxmedolar oʼzlarini sheʼrlari va ajoyib qoʼshiqlari bilan barcha yigʼilganlarni xushnut etishdi.

YRK fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H. Eshova axboroti

Universitet matbuot xizmati