Xotira - bu tarix, busiz kelajak yo‘q
O‘zbek xalqining ikkinchi jahon urushi yillaridagi shonli tarixini, ona xalqimizning qahramonligini yaxlit aks ettirgan ushbu majmua O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining g‘oyasi va tashabbusi bilan innovatsion texnologiyalar asosida, O‘zbekiston xalqining ikkinchi jahon urushida ko‘rsatgan beqiyos jasoratini abadiylashtirish maqsadida bunyod etilgan “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va “Shon-sharaf” davlat muzeyi ekspozisiyalari xalqimizning urush yillarida ko‘rsatgan mardlik va matonatini aks etgan majmua yuksak insoniy fazilatlarini namoyon etish hamda yosh avlodni ona vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilib kelmoqda.
03.05.2023-yil, kun Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti dekan o‘rinbosari A.Borotov hamda tyutori J.Sa’dullayev tashabbusi bilan fakultetning faol talaba-yoshlari bilan “G‘alaba bog‘i”ga tashrif buyurishib urush qatnashchilarini xotirlab, ona haykali poyiga gullar qo’yishdi. “Shon-sharaf” davlat muzeyining yuqori qismida Ikkinchi jahon urushida qatnashgan 301 nafar qahramonlarimiz sharafiga ekilgan daraxtlar, shuningdek, “Mangu jasorat” deb nomlangan majmuada afsonaviy o‘zbek generali Sobir Rahimov va barcha o‘zbekistonlik botir jangchilarning so‘nmas xotirasi ifodalangan.
Bu majmua yurtimizdan yetishib chiqqan qo‘rqmas, mard va jasur, matonatli sarkardalar, jangchilardan faxrlanish, jasoratlaridan doimo ibrat olish, dunyodagi eng buyuk xalqlardan biri ekanligimizni his qilish, talaba-yoshlararimizga shu zamin, shu yurt farzandi ekanligidan g‘urur, faxr-iftixor tuyg‘ulari uyg‘onishiga hamda bugungi tinchlik-osoyishtalik, musaffo osmon, farovon hayot qanchalik bebaho ne’mat ekanligini, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash muqaddas burch ekanligini anglashishdi desak xato bo’lmaydi.
QXM fakulteti tyutori J.Sadullayev va “Energetika” fakulteti 2 -bosqich talabasi Ergashov Toʻlqin axboroti
Universitet matbuot xizmati