TIQXMMI yangiliklari

img
03.05.2023

Sport maqsadlarni mushtarak etadi

Ma’naviy ma’rifatda birlashtiruvchilik, moddiy manfaatda  ayiruvchilik kuchi bor. “Tinchlik jarchisi, do‘stlik elchisi” iboralari bilan e’tirof etiladigan sport musobaqalarida barchani jips etish, zavqlanish tuyg‘usi bor. Universitetda “Sport bizni birlashtiradi” shiori ostida fakultetlararo talaba-yoshlar o‘rtasida sportning 5 turi (mini-futbol, voleybol, basketbol, stol-tennis, shaxmat) bo‘yicha o‘tkazilgan “REKTOR KUBOGI-2023”  sport musobaqalarida ana shu birdamlik va bardamlikni his etdik.

Bugun universitetimizning sport zalida ana shu natijalar bo‘yicha rag‘batlantirish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari, tyutorlardan tortib prorektorlargacha ishtirok etishdi. Tadbirni universitet rektori Bahodir Mirzaev tabrik so‘zi bilan ochib, g‘oliblarni samimiy tabrikladi. So‘ngra talaba yigit – qizlardan tarkib topgan fakultetlarning terma jamoalariga o‘z minnatdorchiligini bildirib faxriy yorliqlar, sovg‘a, diplom va kuboklarni topshirdi. Talaba qizlar, talaba yigitlar va jamoalarning musobaqa yakunidagi natijalarini yaqindan bilish uchun ro‘yxatni keltirishni lozim topdik.

1.Voleybol (ayollar jamoasi)

G‘oliblar quyidagicha aniqlandilar;

1-o‘rinni GTQ fakulteti qizlar terma jamoasi

2-o‘rinni QXM fakulteti qizlar terma jamoasi

3-o‘rinni GM fakulteti qizlar terma jamoasi


2.Stol-tennis (ayollar jamoasi)

G‘oliblar quyidagicha aniqlandilar;

1-o‘rinni “E va X” fakulteti talabasi Mo‘minova Muxlisa 

2-o‘rinni QXM fakulteti talabasi Saidazimova Ziyoda

3-o‘rinni GTQ fakulteti talabasi Asadova Ozoda

3.Shaxmat bo‘yicha (ayollar jamoasi)

G‘oliblar quyidagicha aniqlandilar;

1-o‘rinni YeRK fakulteti talabasi Toshpo‘latova Sevara

2-o‘rinni “E va X” fakulteti talabasi Ahmadbekova Nodira

3-o‘rinni Energetika-fakulteti talabasi Nurumbetova Go‘zal

4.Stol-tennis (erkaklar jamoasi)

G‘oliblar quyidagicha aniqlandilar;

1-o‘rinni Donobekov  Badriddin “Energetika” fakulteti talabasi

2-o‘rinni O‘roqov Abdulaziz QXM fakulteti talabasi

3-o‘rinni Qarshiev Akmal GM fakulteti  talabasi ishg‘ol etdi.

5.Shaxmat (erkaklar jamoasi)

G‘oliblar quyidagicha aniqlandilar;

1-o‘rinni Xasanov Abdulhakim YeRK fakulteti  jamoasi

2-o‘rinni Yermuhammadov Ulug‘bek Iqtisod fakulteti  jamoasi

3-o‘rinni Toliboev Orifjon Iqtisod fakulteti  jamoasi egalladi.

6.Mini-futbol (erkaklar jamoasi)

G‘oliblar quyidagicha aniqlandilar;

1-o‘rinni   YeRK fakulteti terma jamoasi

2-o‘rinni  GTQ  fakulteti terma jamoasi

3-o‘rinni  Iqtisod fakulteti terma jamoasi zabt etdi.

7.Voleybol (erkaklar jamoasi)

G‘oliblar quyidagicha aniqlandilar;

1-o‘rinni  Energetika fakulteti terma jamoasi

2-o‘rinni  YeRK fakulteti terma jamoasi

3-o‘rinni  KXM fakulteti terma jamoasi ishg‘ol etdi.

8.Basketbol (erkaklar jamoasi)

G‘oliblar quyidagicha aniqlandilar;

  • 1-o‘rinni  GM fakulteti terma jamoasi
  • 2-o‘rinni  QHM fakulteti terma jamoasi
  • 3-o‘rinni  Energetika fakulteti terma jamoasi zabt etdi.

Keyinchalik esa turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar e’lon qilindi.

  1. Voleybol sport turi bo‘yicha  “Eng yaxshi hujumchi” -  GTQ fakulteti talabasi Holiqova Feruza
  2. Voleybol sport turi bo‘yicha  “Eng yaxshi hujumchi” – “Energetika” fakulteti talabasi Hakimov Obid
  3. Mini futbol sport turi bo‘yicha  “Eng yaxshi hujumchi”- YeRK fakulteti talabasi Xayrullayev Hakim
  4. Mini futbol sport turi bo‘yicha  “Eng yaxshi darvozabon”- QXM fakulteti talabasi Karimov Quvvatalilar yorug’ yuz bilan nominatsiyalar g’olibi bo’lishdi.

Bu borada o‘yin jarayonini, musobaqalar natijalarini xolislik bilan hal etgan Hakamlar hay’ati a’zolari – Aziz Xodjanov, Feruza Odilova, Muhiddin Norqobilovlarga minnatdorschilik bildirib qolamiz.

“TIQXMMI” MTU Matbuot xizmati