TIQXMMI yangiliklari

img
03.05.2023

Ajdodlar xotirasi - mangu barhayot!

9-may “Xotira va qadrlash kuni” oldidan “TIQXMMI” MTU “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti tyutorlari D. Xursandova, X. Saidova, A. Xaydarovlar boshchiligida fakultetning faol talabalari bilan  “Motamsaro ona”  haykali poyiga tashrif uyshtirildi. El-yurtimizning baxti-saodati, tinchligi yo`lida qurbon bo`lgan bobolarimiz ismi-shariflari keltirilgan Temir kitobni varaqlashdi. Bizning tinchligimiz uchun jang qilgan  bobolarimizni hamisha xotirlaymiz, ularning qahramonliklarini har bir yurtdoshimiz, hech kim va hech qachon unutmaydi.

“Gidrotexnika qurilishi” fakulteti tyutorlari D.Xursandova axboroti

Universitet matbuot xizmati