TIQXMMI yangiliklari

img
01.05.2023

Termiz muhandislik-texnologiya institutga tashrif

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Ekologiya va suv resurslarini boshqarish” kafedrasi professori M.V.Radkevich Termiz muhandislik-texnologiya instituti “Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi bilan o‘zaro aloqalarni o‘rnatish birgalikda ilmiy loyihalarni kelishish uchun Termiz muhandislik-texnologiya instituti taklifiga ko‘ra Termiz shahrida xizmat safarida bo‘ldi. Xizmat safari davomida institut rahbariyati va soha professor-o‘qituvchilari bilan uchrashib kelgusida birgalikda bajarish mumkin bo‘lgan ishlar yuzasidan kelishib olindi.

Ekologiya va atrof muhit muhofazasi yo‘nalishi tralabalari bilan uchrashib seminar o‘tkazildi, seminar vaqtida prof. M.Radkevich talabalar qiziqtirgan savolga atroflicha javob berdi. Bundan tashqari “TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti va TMTI birgalikda ilmiy loyihalarni yo‘nalishlarini belgilab olish uchun va Surxondaryo viloyatidagi o‘ziga hos ekologik muammolarni aniqlash uchun Tabiat resurslari vazirligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi boshlig'i b.f.n. R.T.Safarova, viloyat Maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish klasteri “BioTexEko” MCHJ mutaxassislari bilan va boshqa soha mutaxassislari bilan uchrashishdi. Kelgusidagi birgalikda bajarish mumkin bo‘lgan ishlarni kelishib olindi.

Universitet matbuot xizmati