TIQXMMI yangiliklari

img
01.05.2023

5+1 dasturi amalda

“Ekologiya va huquq” fakulteti “Suv ta’minoti muhandislik tizimlari” ta’lim yo‘nalishi 306-guruh talabalari kafedra dotsenti Abduqodirova Malohat va assistent D.Durxodjaev boshchiligida Sergeli tumani suv tarmoqlaridan foydalanish bo’limida “Binolarning sanitar texnik jixozlari” fanidan o‘z amaliy mashg‘ulotlarini o‘tqazdi. Mazkur mashg’ulotda Sergeli tumani suv tarmoqlaridan foydalanish bo’limining bosh mutaxassisi Qudratov Jaxongir ishtirok etdi.

Bosh mutaxassis binolarni ichimlik suvi, issiq suv bilan ta’minlash tizimlari, binolarning ichki oqova suv tarmoqlari, sovutish, shamollatish tizimlarini, quvurlarning korroziyadan saqlanishi darajasi, tarmoqni ekspluatatsiyaga qabul qilish bo‘yicha maxsus ishchi xay'at tuzilib u olib borilgan ishlar va uning natijalari haqida talabalarga malumotlar berdi.

                     Universitet matbuot xizmati