28.04.2023
Moskva davlat qurilish universiteti olimining “Muammoli ma’ruzasi” tashkil etildi
2023 yil 27 aprel kuni B-bino 322-xonada Mexanika va kompyuterli modellashtirish kafedrasi professor-o‘qituvchilariga, doktorantlariga va “Mexanika va matematik modellashtirish”, “Gidrotexnika qurilishi”, “Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” yo‘nalishi talabalariga “Moskva davlat qurilish universiteti” Milliy tadqiqot universitetining “Qurilish va nazariy mexanika” kafedrasi professori, f-m.f.d. Kuznesov Sergey Vladimirovichning “Inshootlar dinamikasini baholash va ularning seysmik mustahkamligini ta’minlash masalalarini modellashtirish va yechish usullari” mavzusida muammoli ma’ruza o‘qidi.
Muammoli ma’ruza juda yaxshi qabul qilinib, ma’ruzada qatnashganlar barcha savollariga to‘liq javob olishdi.