TIQXMMI yangiliklari

img
25.04.2023

Sport - sogliq garovi

     Barchamiz juda yaxshi bilamizki sport bilan muntazam shug‘ullanish  insonni jismonan chiniqtirish bilan birga, ruhiy jihatdan ham irodasini mustahkamlaydi. Ayniqsa, talaba-yoshlar uchun sportning har qanday turining ahamiyati juda katta. Bugun “Yer resurslari va kadastr" fakulteti talaba-yoshlari ortasida otkazilgan sportni mini futbol, stol tennisi, basketbol, voleybol, shashka-shaxmat turlari boyicha 1-2-3-bosqich talaba-yoshlari “Rektor kubogi”ga saralash musobaqalari tashkillashtirildi. Bunda Universitet rektorining, “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi”ning, shuningdek, “Jismoniy tarbiya” kafedrasining  e’tibor markazida.

     Buning uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Musobaqani “Yer resurslari va kadastr" fakulteti dekani Sh.Narbayev ochib, barcha talabalarga omad tiladi. Shuningdek “Rektor kubogi”ga saralash musobaqalarida “Jismoniy tarbiya” kafedrasi mudiri M.Norqobilov va kafedra o‘qituvchisi A.Xodjanovlarning hakamligi ostida  adolatli, murosalarsiz va qizg‘in tarzda olib borildi. Sport turlari bo‘yicha g‘olib jamoalar quyidagicha  aniqlandi:

 

Mini futbol bo‘yicha

1-o‘rin 1 курс 113 -guruh jamoasi

2-o‘rin 2 курс 205 -guruh jamoasi

3-o‘rin 1 курс 109 -guruh jamoasi

 Basketbol bo‘yicha

1-o‘rin 1kurs 113-guruh jamoasi

2-o‘rin 1 kurs  109 -guruh jamoasi

3-o‘rin 2 kurs 205 guruh jamoasi

 Shaxmat bo‘yicha

1-o‘rin 112-guruh talabasi A.Xasanov

2-o‘rin 205-guruh talabasi F.Ergashov

3-o‘rin 111-guruh talabasi F.Adilov

Shaxmat bo'yicha qizlar o'rtasida.

1 o'rin 1 kurs 2 guruh talabasi S.Toshpulatova

2 o'rin 1kurs 2 guruh talabasi U.Uralboyeva

3. o'rin 1 kurs 10 guruh talabasi N. Yo'ldoshova

Voleybol  bo‘yicha

1-o‘rin 1 kurs113b -guruhlar terma jamoasi

2-o‘rin 2 kurs 205 guruh  terma jamoasi

3-o‘rin 2 kurs 8 -guruh terma jamoasi

 Musobaqa g’oliblarini tabriklaymiz, “Rektor kubogi”ni qo’lga kiritishga omad tilaymiz.            

YRK fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H. Eshova axboroti

Universitet matbuot xizmati