TIQXMMI yangiliklari

img
13.11.2021

Ijodiy uchrashuv

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti talabalari joriy yilning 12-noyabr kuni institutimiz ma’daniyat saroyida o‘zbek estradasi yulduzlaridan biri,  "Nixol" mukofoti sovrindori iste’dodli xonanda SHuxrat Daryo bilan ijodiy uchrashuv tadbiri o‘tkazildi.


 

Mehmonimiz jonli ijroda betakror ijro etilgan qo‘shiqlari bilan yig‘ilganlarni bahramand etdi. Talaba-yoshlar tomonidan berilgan qiziqarli savollarga javob berdi. Umuman uchrashuv samimiy ruxda o‘tdi, talabalarimiz maroqli dam olishdi. Uchrashuv yakunida mehmonimiz 24-25-noyabr kunlari Turkiston san’at saroyida bo‘ladigan o‘zining konsert dasturiga 50% chegirma qilib berishga va’da berdi va yig‘ilganlarni taklif qildi.

 

 

                                             YOBIB dekan muovini  K.Usmonov

                                TIQXMMI matbuot xizmati