TIQXMMI yangiliklari

img
12.11.2021

Ma’naviyatsiz kamolotga erishilmaydi

2021 - yil 12 - noyabr kuni TIQXMMI ma’ruzalar zalida “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti talaba yoshlari uchun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi kafedra mudiri, tarix fanlari doktori-Ne’matullo Muhammedov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat targ‘ibot markazi eksperti, falsafa fanlari doktori, professor-Jamila Shermuhammedova, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi katta o‘qituvchisi-Saidafzal Saidjalolov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bo‘lim boshlig‘i- Umid Muhammedov hamda IIV mas’ul xodimi- Farrux Elmirzayevlar ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida targ‘ibot-tashviqot ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirni “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti Rashid Xakimov kirish so‘zi bilan ochib berib, tadbirga taklif etilgan mutaxassislarni tanishtirib o‘tdi. Tadbirda ishtirok etgan ma’ruzachilar tomonidan Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan “Yangi O‘zbekistonni birga quramiz”, “Uchinchi renesans poydevorini yaratamiz” g‘oyalarining mazmun-mohiyati, mamlakatimiz hududlarida qadimdan mavjud bo‘lib kelgan ilm-fan, madaniyat va ma’rifatning tub mohiyati, uni rivojlantirishni o‘z zimmasiga oluvchi yoshlarga qanday mas’uliyat va vazifalar qo‘yilayotganligi xususida, shuningdek, insonlar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, jamiyatda ayollar va erkaklar gender tengligi masalalari to‘g‘risida fikrlar bildirilib o‘tildi. Jamiyatda jaholatning oldini olishda eng maqbul vosita yoshlarni kitob mutolaa qilishga o‘rgatish hamda kundalik ehtiyojga aylantirish borasida taklif va mulohazalar bildirib o‘tildi. Talaba yoshlarni bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan axborot zamonida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanganda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishlari yot g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi norasmiy saytlar va telegram guruhlaridan ehtiyot bo‘lishlari to‘g‘risida tushuntirish va targ‘ibot olib borildi. Shuningdek, ekspertlarimiz tomonidan yoshlarda vatanparvarlik va yurtga muhabbat, shijoat insoniylik tuyg‘ularini shakllanishiga ijobiy ta’sir o‘tkazuvchi motivatsiya beruvchi psixologik treninglar o‘tkazildi. Tadbir qizg‘in savol-javob munozaralar asosida o‘tdi.

 

SXTE va B fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiyev axboroti

TIQXMMI  matbuot xizmati