O’quvchi yoshlarning sifatli ta’lim-tarbiya olishlariga ko’maklashish
O’quvchi yoshlarning sifatli ta’lim-tarbiya olishlariga ko’maklashish, oliygohlarga yo’naltirish maqsadida Oliy ta’lim muassasalari va umum ta’lim maktablari o’rtasida amaliy hamkorlik yo’lga qo’yilgan.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni va uni hayotga izchillik bilan tadbiq etish, kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish, ta’lim turlari o’rtasidagi o’zaro integratsiya jarayonini yaxshilash hamda ular o’rtasidagi uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash, mamlakatimizda ta’lim- tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish bo’yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, bir tomondan Qishloq va suv xo’jaligi energiya ta’minoti fakulteti “Elektrotexnika va mexatronika” kafedraning tajribali professor-o’qituvchilari, Piskent tumani xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi 30 va 39-sonli umum ta’lim maktablarida ta’lim sifati va o’qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish va metodik qo’llab - quvvatlash uchun hamkorlikni tashkil etish bo’yicha yo’l xaritasi asosida maktablarning bugungi holati, o’qituvchilarning salohiyati va 2022/2023 o’quv yili natijalari bo’yicha ma’lumotlarni o’rganish maqsadida tashrif buyurishdi.
O’zaro muloqot chog’ida maktab va universitet o’rtasida hamkorlik masalalari, qabul jarayonlari haqida o’quvchilarga batafsil ma’lumot berildi. Bitiruvchi o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Universitet matbuot xizmati