TIQXMMI yangiliklari

img
17.04.2023

Hamkorlikdagi xalqaro konferensiya

Shu yilning 14-aprel kuni Qozog‘istonning Ko'rkut Ata nomidagi Qizilorda universiteti “Elektroenergetika, texnosfera xavfsizligi va ekologiya” kafedrasi va universitetimiz “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi hamkorligida “Энерго-и ресурсосберегающие технологии: опыты и перспективы” nomli V Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Zoom platformasida onlayn tashkil etildi.

Ushbu konferensiyada universitetimiz va mezbon universitet ilmiy izlanuvchilaridan tashqari Rossiya, Bolgariya, Portugaliya hamda 15 ga yaqin boshqa davlatlardan ham o‘z sohasining yetuk olimlari ishtirok etishdi. E’tiborli jihati, universitetimiz “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi professori Obid Tursunov ushbu konferensiyada asosiy ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi va “Termokimyoviy usulda biomassadan bioyoqilg‘i olish” mavzusida ma’ruza qildi.

“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi tayanch doktoranti N.Abdug‘aniyev axboroti

Universitet matbuot xizmati