TIQXMMI yangiliklari

img
12.11.2021

Rossiyaning yetakchi institutidan hamkorlik taklifi

Та'lim muassasamizga Rossiyaning Moskva aviatsiya instituti prorektori Kozorez Dmitiriy Aleksandrovich boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. TIQXMMI birinchi prorektori B.Mirzayev, EkoGAT rahbari A.Pulatov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Sh.Raxmonov, A. Usmanovlardan iborat institut jamoasini tanishtirish bilan uchrashuvni ochib berdi.

Aviatsiya sohasida yetakchi oliy ta’lim muassasasi bo‘lgan MAI, delegatsiya a’zolarini tanishtirib o‘tdi va o‘zidagi o‘quv dasturlari hamda mavjud imkoniyatlari sanab ko‘rsatdi. Uchrashuvda sun’iy yo‘ldoshlardan olingan suratlar, ularning tahlili va natijalarning hayotimizdagi ahamiyati haqida muhokama qilindi. Shuningdek, 1+1  magistratura dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib borildi va bitiruvchilarimizni RosSotrudnichestva orqali grant asosida o‘qishga yuborish bo‘yicha imkoniyatlar o‘rganildi. Uchrashuvdan so‘ng, Tabiiy resurslarning boshqarishning raqamli klasteri bilan tanishtirildi. Uchrashuv iliq va do‘stona tarzda o‘tdi va esdalik sovg‘alari berildi.

            TIQXMMI  matbuot xizmati