TIQXMMI yangiliklari

img
15.04.2023

Muammolar rivojlanish pillapoyasi

Joriy yilning 10 aprel kuni “TIQXMMI” MTU GTQ fakulteti 103-guruh talabalari bilan  universitet psixologi M.K. Muhammedova va GTQ fakulteti tyutori X.Saidovalar hamkorlikda "Mantiqiy fikrlash orqali muammolardan xalos bo'lish" mavzusida tadbir  o'tkazishdi. Tadbirda ishtirokchilarning muloqotmandliklarini, jamoa bilan ishlash qobiliyatlarini rivojlantirish, faolliklarini oshirish va mantiqiy fikrlash orqali muammmolardan xalos bo'lishga mo'ljallangan trening va mashg'ulotlar o'tkazildi.

Tadbir davomida “Parvozdagi g'ozlar”, “Bir yarimta tovuq”, “Echimini top”, “Mening maqsadlarim”, “Muammo bu – imkoniyat” kabi o'yin mashg'ulotlari o'tkazildi. Treningda GTQ fakulteti tyutori X.Saidova va barcha talabalar faol qatnashishdi. Ayniqsa: Hasan, Husan, Zuhriddin, Sherzod, Roman, Arofatlar o'zlarining yuqori salohiyatlari bilan boshqa talabalarga yaqqol namuna bo'la olishdi. O'tkazilgan tadbir barcha ishtirokchilarga ma'qul kelish bilan birgalikda, foydali ma'lumotlarga ega bo'lishgan holda nihoyasiga yetkazildi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati