TIQXMMI yangiliklari

img
15.04.2023

"Yangi O'zbekiston va inson huquqlari" mavzusida suhbat

"Gidromelioratsiya" fakulteti tashabbusi bilan fakultetning 50 nafar talabalari uchun Mirzo ulug'bek tumani "Darxon" mahalla fuqarolar yig'inida Mirzo Ulug'bek tuman ADLYA bo'limi bilan hamkorlikda 2023 yilning 14 aprel kuni "YANGI O'ZBEKISTON VA INSON HUQUQLARI" mavzusida davra suhbati o'tkazildi. Ushbu davra suhbatida "Gidromelioratsiya" fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari B.To'ychiyev, fakultet tyutorlari A.Shonazarov, Z.Tursunova, G.Ahmadjanova, O'. Usmonov, D.Ahrarova va  Mirzo ulug'bek tumani "Darxon" mahalla fuqarolar yig'ini raisi S.Yuldashev hamda Mirzo Ulug'bek tuman adlya bo'limi xodimlari M.Usmonaliyev, B.To'raqulov, A.Jumaniyozovalar ishtirok etishdi.

Mirzo Ulug'bek tuman Adlya bo'limi hodimi M.Usmonaliyev "Yangi O'zbekiston va inson huquqlari" mavzusida gapirib bu borada Konstitutsiyadagi 128 ta moddaning roppa-rosa yarmi – 64 tasini o‘zgartirish va 6 ta yangi modda qo‘shish taklif etilgani, 1-moddadagi “O‘zbekiston – suveren demokratik respublika” jumlasini quyidagicha o‘zgartirish taklif etilmoqda: O‘zbekiston – suveren respublika, huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy, demokratik davlat. 1-modda o‘zgargach, uni boshqa hech qachon o‘zgartirmaslik belgilanmoqda. Buning uchun 127-moddaga (bu moddada Konstitutsiyani o‘zgartirish prinsiplari yozilgan) quyidagicha ikkinchi qism qo‘shiladi: Ushbu Konstitutsiya 1-moddasining va ushbu moddasi ikkinchi qismining qoidalari qayta ko‘rib chiqilishi mumkin emas.

13-modda kengaytirilib, unga xususan quyidagi qoidalar qo‘shilishi kutilyapti: Insonga nisbatan huquqiy ta’sir chorasi davlat organi tomonidan ko‘zlanadigan qonuniy maqsadga erishish uchun yetarli bo‘lishi hamda manfaatdor shaxslarga imkon qadar qiyinchilik tug‘dirmasligi kerak. Insonning davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlarida qonunchilikda yuzaga keladigan, bartaraf etib bo‘lmaydigan barcha qarama-qarshiliklar va noaniqliklar inson foydasiga talqin qilinadi deb takidladi.

Universitet matbuot xizmati