TIQXMMI yangiliklari

img
15.04.2023

“TJAB” kafedrasi talabalari INNO innovatsion ishlanmalar texnoparkida

Joriy yilning 11-12 aprel kunlari “Energetika” fakulteti “TJAB” yo‘nalishi 2 va 3 - bosqich talabalari, professor-o’qituvchilar Bozorov E.O. va Abdullayeva D.A. boshchiligida INNO innovatsion texnoparki faoliyati bilan tanishish uchun tashrif buyurdilar.

Talabalar innovatsion ishlanmalarni yaratishga qaratilgan texnopark faoliyati u yerda yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishishdi. Bundan tashqari startap ekosistemasini yaratish borasida o’zlarini qiziqtirgan savollarini texnopark rezedentlariga berishdi.