TIQXMMI yangiliklari

img
14.04.2023

Ustoz-shogird tizimi

Bugungi kunda oliy ta’limda yetishib chiqadigan kadrlarning salohiyati, qay darajada nazariy bilim olinganligi bilan bir vaqtda shu bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish, tadbiq qilish hamda ishlab chiqarish bilan bog‘lay olish eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  PQ-3151-son qarori ijrosini ta’minlash hamda talabalarning amaliyot o'tash, ish bilan bandlik va boshqa bilimlarni mustahkamlash maqsadida Iqtisodiyot kafedrasida "Ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi" nomli davra suhbati tashkil etildi.

Uchrashuvda Iqtisodiyot, Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish ta'lim yo'nalishlari talabalari, Suv xo‘jaligi vazirligining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi xodimi O.Ishchanov, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro makrazi xodimi N. Asqarov, Yunusobod tumani hokimi yordamchisi J. Saidahmedov, Xalq ta'lim vazirligi boshqarma boshlig'i A. Ibragimov, Marketing va talabalar amaliyoti bo'limi boshlig'i X.Xayitov va kafedra professor o'qituvchilari ishtirok etishdi. Uchrashuvda har tomonlama hamkorlik masalalarini mustahkamlash bo‘yicha fikrlar almashildi. Ustoz shogird tizimiga amal qilgan holda kelgusida bunday uchrashuvlar tez-tez o'tkazilishiga kelishib olindi.

Shuningdek, Suv xo‘jaligi vazirligining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi xodimi O.Ishchanov tomonidan bugungi kundagi mavjud vakant lavozimlar, raqamlashtirish, kadrlarga qo'yiladigan talablar, yangi tahrirdagi mehnat kodeksi hamda onlayn hujjat topshirish platformalari haqida ma'lumot berdi. Talabalar savollar bilan tashrif buyurgan mehmonlarga o'z savollarini berishdi hamda atroflicha javoblar olishdi.

Iqtisodiyot kafedrasi axboroti