TIQXMMI yangiliklari

img
14.04.2023

Onlayn tarzidagi dars mashg'uloti

Joriy yilning 13-aprel sanasida navbatdagi "Notiqlik mahorati" ndars mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. Bu galgi dars ustoz Rahimboy Jumaniyozov Jizzax viloyatida ekanligi uchun Telegram ijtimoiy tarmogʻida VideoChat platformasida jonli efir tarzida oʻtildi. Darsga Notiqlik sanʼati tinglovchilari sifatida Qorakoʻl, Toshkent, Mirishkor, Sayxunobod va yana bir qancha tumanlardan talabalar, qiiquvchilar ham ishtirok etishdi. Mashgʻulot mavzusi esa "Nutqning soddaligi va qisqaligi" boʻldi. Bu doirada ustoz tinglovchilarga barcha maʼlumotlarni tushuntirdilar. Misollar shaklida asoslab berdilar. Soʻng tinglovchilar ham bu borada fikrlarini bildirishdi. Ustoz taʼkidlaganlaridek "Nutqning soddaligi qabul qiluvchining tez va soz tushinishini taʼminlovchi lisoniy meʼzondir. Nutqdagi soddalik bu jo‘n nutq degani emas. Taʼbir joiz boʻlsa, u mantiqqa, maqsad manziliga yaxshi va yaqin yoʻldan olib borish demakdir".

Soʻng Buxorolik tinglovchining nutqi borasidagi kamchiliklarga ustoz maslahat va tavsiyalar berib oʻtdilar. Tinglovchilarning kayfiyatini koʻtarish maqsadida "T dan T gacha" oʻyini oʻynaldi. Bu oʻyinni mashgʻulotning eng qiziq va kreativ nominatsiyasi gʻolibi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Barcha tinglovchilar faol ishtirok etishdi. Soʻzlar topilgandan keyin ularni jumlalarda qoʻllab gap tuzish vazifa sifatida topshirildi. Boshqa viloyatdagi tinglovchilar ham darsdan bahramand boʻlishdi. Albatta, gibrid tarzida oʻtkazilgan darsning ham yaxshi tomonlari juda koʻp. Mashgʻulotni tugallash arafasida bugun ham Iftorlikdan soʻng darsni davom ettirish reja qilib olindi. Barcha qiziquvchilarni chorlab qolamiz. Faollik va izlanuvchanlikni susaytirmang!

"Energetika" fakulteti 1-bosqich talabasi Shukurullayev Toshpoʻlat axboroti

Universitet matbuot xizmati