“Dikan” JK Machinery xorijiy kompaniy bilan hamkorlik davom etmoqda
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2023-yil 23-mart kuni “Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish chora-tadbirlari” ga bag‘ishlangan yig‘ilishda “Ilm-fan va samarali texnologiyalardan foydalangan holda mehnat unumdorligini oshirish zarur” degan edi.
Shu so‘zlar doirasida QXM fakulteti dekani Q.Shavazov va “Dikan” JK Machinery MChJ xorijiy kompaniy hamkorligida 2023 yil 11-aprel kuni universitetimizda uchinchi marotaba “Machinery” o‘quv seminari tashkil etildi. Tadbir Respublikamiz qishloq xo‘jaligida urug‘chilikni rivojlantirishga hissa qo‘shish va JK Machinery uskunasida urug‘ tozalash texnologik jarayonini tushuntirish kabi masalalarni o‘z ichiga oldi.
Tadbirda urug‘chilik tashkilotlari, mutaxassislar, kompaniya, klasterler vakillari va talabalar ishtirok etdi.