So'z – fikrni yetkazish quroli
“TIQXMMI” MTU GM fakulteti 1-kurs 104-105-111-guruh, 2 kurs 202-guruh, GTQ fakulteti 109-guruh talaba yoshlari bilan universitet psixologi M.K.Muhammedova, GM, GTQ fakulteti tyutorlari D.Axrarova, G.Ahmedjanova, A.Shonazarov va X.Saidovalar hamkorlikda « O'g'rilik ko'zdan boshlanar, to'g'rilik — so'zdan. Yolg'onning umri — qisqa» mavzularida seminar trening tashkil etdilar.
So'nggi vaqtlarda jamiyatimizda aldov va firibgarlik yo'li bilan o'zgalar mol-mulkini qo'lga kiritishga urinish, o'g'irlik, yolg'on so'zlash bilan bog'liq noxush hodisalar urchib borayotgani sir emas. Bunday holatlarni oldini olish va profilaktika qilish maqsadida ushbu tadbir tashkil etildi. Yig'ilishda xalqimizga yot bo'lgan bunday illatlarni bartaraf etishda milliy qadriyatlarimiz, xususan, Qur'on va hadisi shariflar, ulug' ajdodlarimiz ilmiy-ma'naviy merosining o'rni va ahamiyati beqiyos ekani; Islom dinida insonning qadr-qimmati qalbining pokligi, iymon-ixlosi va yaxshi amallari bilan belgilanishi; Odamzot inson qadrini belgilashda ilohiy mezonlarga rioya qilib, imkon qadar qalbini poklashga, solih amal qilishga intilsagina turli o'tkinchi hoyu havaslar, molu dunyoga hirs qo'yishlar o'z ahamiyatini yo'qotishi haqida fikrlar yuritildi.
Tadbir bahs va munozaralarga boy tarzda kechdi. Barcha ishtirokchilar o'zlari uchun foydali ma'lumotlarga ega bo'lishgan holda yig'ilish yakunlandi.
Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti
“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati