Beruniyliklar bilan birdamlik
Targ'ibot guruhi a'zolari beruniylik “Oqila ayollar” harakati vakillari bilan uchrashdi. Beruniy tumanidagi Axborot kutubxona markazida Xotin-qizlar faollari, Oqila ayollar va ko'chaboshi xotin-qizlar ishtirokida seminar trening bo'lib o'tdi.
Tadbirda xotin-qizlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar va bo'lajak referendumga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish bilan bog'liq chora-tadbirlar to'g'risida TIQXMMI-MTU professori, pedagogika fanlari doktori Zuhra Ismailova va bir qanca olimlar tomonidan tushunchalar berildi.
Yangi tahrirdagi Konstitusiyaning qabul qilinishi “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalq farovonligini yanada oshirish, davlat va fuqarolik jamiyatini jadal rivojlanishi uchun mustahkam asos bo'lishi to'g'risida batafsil tushunchalar berildi.
Universitet matbuot xizmati