TIQXMMI yangiliklari

img
10.04.2023

Referendumga daxldorlik tuyg‘usi

Ona yurt taqdiri, inson qadri va sha’niga, uning manfaatlariga tegishli bo‘lgan muhim manba - Asosiy qonunimiz Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini tushuntirish davr talabidir.

       2023 yil  10  aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tumani “Nur” MFYda Referendum bo‘yicha ishchi guruh a’zosi, aholi bilan targ‘ibot tadbirlarini kunning ikkinchi yarmida ham  davom ettirdi. Targ‘ibot tadbirini  Milliy tadqiqot universiteti professor o‘qituvchilaridan N.Yuldasheva  ko‘chma targ‘ibot shaklida  olib bordi.

       U yangilanayotgan Konstitutsiyadagi moddalar hamda ularning mazmuni  yuzasidan  keng aholi o‘rtasida tushuntirish - tashviqot ishlarini o‘tkazdi. Unda MFY raisi,  xotin-qizlar faoli, yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirlar aholi turar joylarida, gavjum hududlarda tashkil etildi.

            Universitet matbuot xizmati