TIQXMMI yangiliklari

img
10.04.2023

Yangi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Referendumi targ‘iboti

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Referendumi hamda Yangi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi mazmun-mohiyatini keng aholi orasida targ‘ibot qilish bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanidagi "Chimyon", “Shukur Burxonov”, "Gulsanam" "Avayxon" "Sultoniya" “Alisher Navoiy” va “Katta qorasuv” maxallalarida TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti fakultet dekani Qodirjon Shavazov moderatorligida joriy yil 30-aprel kuni o‘tkaziladigan referendumning  mazmun-mohiyati, ahamiyati, referendumning hayotiy zarurati, uning mamlakatimiz istiqboli uchun dolzarb  ustuvor vazifalarni yechishga qaratilganligi, huquqiy va ijtimoiy davlat barpo etishga qaratilganligi, ayniqsa, inson huquqlari, ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik barqarorlik, tashqi siyosat va boshqa  yo‘nalishlar yuzasidan konstitutsiyaviy me’yorlarning ahamiyati tushintirildi.

Ishtirokchilar ijtimoiy ta’minot, ijtimoiy himoya masalalari haqida berilgan savollarga javoblar  yangilanayotgan konstitutsiya moddalari misolida tushuntirildi. Taqdimot o‘zbek va rus tillarida o‘tkazildi, tadbirlarda mahalla raisi va faollari, tuman va shaxar deputatlari, ichki ishlar vazirligi xodimlari xam ishtirok etishdi.