Musobaqa va mubohasadan mukofotga
Intellektual salohiyat insonning mantiqiy mushohada yuritish hamda tanqidiy, tahliliy nazar bilan tafakkurini o‘stirish uchun keng imkoniyatlar eshigini ochadi. Buning uchun intellektual musobaqalarga e’tibor yuqori darajada bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.01.2022 yildagi PQ-96-son qaroriga muvofiq, 2022-2023 o‘quv yili davomida universitetning yuqori bosqich talabalari (2-3-4) o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinlari tashkil etildi. Ushbu tashkil etilgan o‘yinlarda jami 56 ta jamoa faol ishtirok etishdi.
Joriy yil 1 mart kuni o‘yinlarning final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu final o‘yinlarida 2-3-4-bosqich talabalaridan tashkil topgan jamolardan final bosqichiga 16 ta jamoa yetib keldi va ulardan 11 tasi final bosqichida ishtirok etdi. Final o‘yini juda qizg‘in va murosasiz, qiziqarli tarzda bo‘lib o‘tdi. O‘yin oxirida eng yuqori ball to‘plagan 4ta jamoa kuchlari teng keldi hamda 1-2-3-o‘rinlarni aniqlash maqsadida ularga qo‘shimcha savollar berildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra qo‘shimcha savollar berganda ham natijalari teng kelgan, Iqtisodiyot fakultetining “AUDITORLAR” va Gidromelioratsiya fakultetining “GOLD STAR” jamoalari hakamlar hay’ati tomonidan faxrli 3-o‘rin sohiblari deb e’lon qilindi. Shuningdek Yer resurslari va kadastr fakultetining “ARISTOKRATLAR” jamoasi 2-o‘rin, Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakultetining “SENSATSIYa” jamoasi 1-o‘rinni egallashdi.
Universitetimiz rektori, professor Bahodir Mirzaev zakovat o‘yinlarida g‘olib bo‘lgan jamoalarning 24 nafar a’zolarini munosib taqdirlab moddiy rag‘batlantirdi. Jamoa a’zolarining har biriga turli miqdoridagi pul mukofotlari topshirildi. Bu esa talaba yoshlarni yanada ilhomlantirgani, ruhlantirgani rost. E’tiboringzga mukofotga ega bo‘lgan jamoa va talabalarning ro‘yxatini havola qilamiz.
“SENSATSIYA” jamoasi (birinchi o‘rin, har bir jamoa ishtirokchisiga 2 mln.so‘mdan, jami 12 mln.so‘m)
- Xursanmurodov Doston QXM 408
- Abdullaev Javlonbek QXM 408
- Abdurashidov Javohir QXM 408
- Xo‘jamqulov Javlonbek QXM 408
- Ergashev Asqarali QXM 408
- Toshimov Shaxriddin QXM 408
“ARISTOKRATLAR” jamoasi (ikkinchi o‘rin, har bir jamoa ishtirokchisiga 1.5 mln.so‘mdan, jami 9 mln.so‘m)
- Xolmatov Xasanboy Dilshodjon o‘g‘li YeRB 204
- Baxonov Farruhjon Jo‘rabek o‘g‘li YeRB 204
- Nadirov Islom Anvar o‘g‘li YeRB 204
- Nurmuhammedov Akramshox Axmadjon o‘g‘li YeRB 204
- Sidiqjonov Salohiddin YeRB 204
- Xudoyberdiev Abduqodir Shavkatjon o‘g‘li YeRB 204
“AUDITORLAR” jamoasi (uchinchi o‘rin, har bir jamoa ishtirokchisiga 750 ming.so‘mdan, jami 4.5 mln.so‘m)
- Ibrohimov Muhammadrasul Mansur o‘g‘li SXTE va B 306
- Pirmahamatov O‘razbek Baxtibek o‘g‘li SXTE va B 306
- Norbo‘taeva Shoxsanam Axrorjon qizi SXTE va B 306
- Qobulov Sohibjon Sodiqjon o‘g‘li SXTE va B 306
- Samandarov Yunusbek Raxmon o‘g‘li SXTE va B 306
- Baratov Jamshid Xasan o‘g‘li SXTE va B 306
“GOLD STAR” jamoasi (uchinchi o‘rin, har bir jamoa ishtirokchisiga 750 ming.so‘mdan, jami 4.5 mln.so‘m)
- Qodirov Ma’rufjon Ravshan o‘g‘li GM 209
- Ataxanov Sanjar Maqsud o‘g‘li GM 209
- Xalimov Samandar Shavkat o‘g‘li GM 209
- Hazratqulova Sevara Isoqul qizi GM 209
- Xalilov Jamshid Xayrulla o‘g‘li GM 209
- Jumabaev Bekzod Botir o‘g‘li GM 209
Universitet matbuot xizmati